Yakuniy natijaga asoslangan Input Form (IF) dizayni
Input Form dizaynini qayta jonlantirishning ajoyib usuli - taqdim etilgan ma'lumotlar qanday ko'rsatilishi yoki ishlatilishidan andoza olishdir.
• Foydalanuvchilar Input Form'larga (IF) tez-tez murojaat qilishadi. IF ma'lumotlari va ehtiyojlarini ulashadigan muhim aloqa nuqtalari hisoblanadi. Biroq, ko'p hollarda ularning UI dizynlari zerikarli yoki ma'lumot kirishitshga undamaydigan holatda ishlangan bo'ladi.
• Ammo biz bu qarashni o‘zgartira olsak-chi?
IF'ni to‘ldirish jarayonini qiziqarli, tushunarli va foydalanuvchi maqsadlariga mos keladigan sayohatga aylantira olsak qanday bo'ladi?!
• Aytaylik, siz foydalanuvchilar sotmoqchi bo‘lgan narsalarini joylashtiradigan onlayn bozor platformasi uchun IF yaratmoqdasiz. Oddiy, chiziqli IF o‘rniga, siz IF tuzilishini yakuniy e’lon sahifasiga o‘xshatib ishlab chiqishingiz mumkin. Bu usul foydalanuvchilarga o‘z e’lonlarini aniqroq tasavvur qilish imkonini beradi.
• Ushbu yondashuv foydalanuvchilarga ularning joylashtiriladigan e'loni qanday ko‘rinishi va ishlashi haqida tushuncha beradi. Bu esa IF'ni to‘ldirish jarayonini yanada aloqador va qiziqarli qiladi.