Pro kurslarimiz →
June 13, 2022

Full Stack UX/UI Design Practicum kursi

Biz dizayn sohasida liga chempionlarini tarbiyalaymiz!


❇️ Kurs kimlar uchun?

  • Junior dizaynerlar uchun — Junior darajadan keyingi darajalarga ko‘tarilish uchun faqatgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas. Sizni keyingi bosqichlarga olib chiqadigan tajribalarni o‘rganasiz.
  • Mid-level dizaynerlar uchun — Senior dizayner bo‘lish uchun eng muhim bilim va tajribalarni o'rgatib boraman. Olgan bilimlaringizni tajribada qo‘llash imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.

❇️ Darslar qanday tartibda o'tiladi?

  1. To'lovni amalga oshirganingizdan so'ng sizni kursning maxsus Telegram guruhlariga qo'shamiz. Sizni vazifalar guruhi va umumiy Chat guruhlariga a'zo qilamiz. Vazifalar guruhida faqat vazifalar, darsliklar, dars materiallari va foydali manbalar berib boriladi. Chat guruhida esa ustoz bilan savol-javob va muhokamalar olib boriladi.
  2. Kurs o'quvchilariga videokursni o'rganish uchun dostup beriladi. Videodarslarni o'rganish bilan bir vaqtda amaliyotlarni ham bajarib borasiz.
  3. Kursning har bir moduli 2 oyga mo'ljallangan bo'lib, sizga umumiy 3 ta modul uchun 1 yilga o'rganish uchun dostup beriladi. Shu muddat ichida videodarslarni o'zingizga qulay vaqtda o'rganishingiz va qaytadan takroran ko'rishingiz mumkin.
  4. Kurs davomida, videodarslarga asoslangan maxsus amaliyot vazifalari beriladi va har bir modul yakunida imtihon loyihasi vazifa qilib beriladi.
  5. Kurs yakunida imtohon loyihangizni himoya qilishingiz kerak bo'ladi va sertifkat taqdim etiladi.

❇️ Kurs qanday muammolarga yechim bo'ladi?

  1. O'zbekistonda veb va mobil ilova dizaynlarini tayyorlashga bo'lgan yuqori talabni qondirish.
  2. Xalqaro IT bozor talabiga javob bera oladigan pro dizaynerlarni chiqarish.
  3. IT kompaniyalarga kuchli mutaxassislarni yetkazib berish.

— Kurslarimiz orqali o'quvchilarimiz erishgan natijalar →

— Kursga yozilish →


❇️ Kursning afzalliklari qanday?

  • Kurs Professional UX/UI Designer Ismoil Safarov tomonidan tayyorlangan.
  • Videokurs 4K video formatida ishlab chiqilgan.
  • Kursni 24 soat ichida o'zingizga qulay bo'lgan vaqtda o'rganish imkonini beradi.
  • Kurs yurtimizda alternativi yo'q metodika asosida ishlab chiqilgan.
  • Kurs xalqaro darajadagi UX/UI dizayn kitoblariga asoslanib o'tiladi.

— Kurslarimiz orqali o'quvchilarimiz erishgan natijalar →

— Kursga yozilish →


❇️ Kurs o'quv dasturi nimalarni o'z ichiga oladi?

  • 150 dan ortiq videodarslar.
  • Murakkab UX/UI dizayn prinsiplari va veb-dizaynga oid qonun-qoidalar.
  • Veb va mobil dizayn amaliyotlari.
  • Oldindan yozib olingan Live Chat'lar.
  • Kurs uchun maxsus UX/UI qoidalar kitobi PDF
  • 20 dan ortiq bonus videodarslar.



KURS O'QUV DASTURI

❇️ Kurs muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilarga 2 ta ko'rinishda sertifikat taqdim etiladi. Elektron PDF shaklda va asl nusxasini kurs ustozi Ismoil Safarovning o'zlari tadim etadilar.

Kurs yakunlangach Toshkentda kurs o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilinishi mumkin. Bu o'quvchilarning talabi asosida amalga oshiriladi.

— Kurslarimiz orqali o'quvchilarimiz erishgan natijalar →


Biz dizayn sohasida liga chempionlarini tarbiyalaymiz!

Har bir modul narxi 2 mln so'm.

— Kursga yozilish uchun adminga bogʻlanish →


Telegram InstagramYouTubeWebsite